Yangilik haqida batafsil
Farg‘ona filiali professor-o’qituvchilari tomonidan Namangan viloyatida 3+1 tizimi orqali malaka oshirish kursining amaliy mashg‘ulotlari davom etmoqda
Joriy yilning 27-sentabr kuni Farg‘ona filiali professor-o’qituvchilari tomonidan Namangan Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida Yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023-yil 17-avgustdagi 24-Q/Q-sonli hamda Мaktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023-yil 17-avgustdagi 32-Q/Q-sonli qo‘shma qarori ijrosini ta’minlash maqsadida jismoniy tarbiya fani o'qituvchilari malaka oshirish kursi tinglovchilari uchun 3+1 tizimi orqali malaka oshirish kursining mashg‘ulotlari (4-haftasi) amaliy tarzda (oflayn) davom etmoqda.
Filial “Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi professor-o’qituvchilari tomonidan tinglovchilarga 3-kungi amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilish joylari va tartibi haqida tushunchalar berildi.


