Yangilik haqida batafsil

Farg‘ona filiali professor-o‘qituvchilari hamda tinglovchilari “Xalqaro muzeylar kuni” munosabati bilan muzeyga sayohat uyushtirdi.
Har yili 18-may kuni dunyoning 150 dan ortiq mamlakatlarida Xalqaro muzeylar kuni nishonlanadi. Farg‘ona filiali “Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda tinglovchilar bilan birgalikda darsdan tashqari vaqtlarni unumli o‘tkazish maqsadida joriy yilning 18-may kuni “Xalqaro muzeylar kuni” munosabati bilan Farg‘ona shahrida joylashgan O‘lkashunoslik muzeyiga sayohat uyushtirildi.
Albatta  muzeylar har bir mamlakatning ko‘zgusi hisoblanadi. Xalqimizning tarixiga oid moddiy va ma’naviy yodgorliklar, eksponatlar bilan tanishishda muzeylar alohida ahamiyatga ega. Farg‘ona filiali tinglovchilari ham muzeyga sayohati orqali yana bir bor yurtimiz tarixi, urf-odat va an’analari bilan yaqindan tanishdilar.