Yangilik haqida batafsil
Farg'ona filiali professor-o'qituvchilari Farg'ona davlat universitetida tashkil etilgan “Amir Temur jahon tarixida" mavzusidagi Respublika ilmiy-nazariy (onlayn) konferensiyasida ishtirok etishdi.
Anjumanda Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg'ona filiali "Sport psixologiyasi, ijtimoiy-tabiiy fanlar" kafedrasi professor-o'qituvchilari, yosh tadqiqotchilar, o'z ma'ruzalari bilan ishtirok etdilar.
Anjumanda "Boburiylar davlatida harbiy qo`shin tuzilishi", "Amir Temur shaxsini Yevropada o`rganilishi", "Germaniyada Amir Temur va temuriylar davri o`rganilishi", "Movarounnahrda markazlashgan davlat qaror topish jarayonida siyosiy elita tarkibi", "Anqara jangi sodir bo`lgan hudud borasida turkiyalik tadqiqotchilarning qarashlari", "Temuriylar harami haqida ba`zi mulohazalar" kabi muhim manbalar ma'ruzalar asosida chuqur o'rganildi.


