Yangilik haqida batafsil

Farg’ona filiali professor-o’qituvchilari “14 iyun — Butunjahon donorlar kuni” munosabati bilan tashkil etilgan tadbirlarda faol ishtirok etdi
Ma’lumki, 2005 -yil may oyida Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Xalqaro Assambleyasida dunyo davlatlari sog‘liqni saqlash vazirlari yakdillik bilan beg‘araz qon donorligini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi taklifni ma’qullagan edi.
Shundan buyon har yili "14 iyun — Butunjahon donorlar kuni" sifatida keng nishonlanadi. Yurtimizda ham ushbu sanaga bag‘ishlangan turli tadbirlar, xayriya aksiyalari o‘tkazish ezgu an’anaga aylangan.
Shu munosabat bilan joriy yilning 14-iyun kuni Farg’ona filiali “Sport psixologiyasi, ijtimoiy-tabiiy fanlar” kafedrasi professor-o‘qituvchilari Farg‘ona viloyati Qon quyish markaziga tashrif buyurdi va markaz tomonidan tashkil etilgan  tadbirlarda faol ishtirok etdi.