Yangilik haqida batafsil

Farg‘ona filiali "O'zbek jang san'ati" guruhi tinglovchilari ishtirokida mahorat darsi tashkil etildi.
Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filialida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-iyuldagi  355 -sonli qarori 19-bandiga muvofiq, muqobil malaka oshirish talabini bajargan “O'zbek jang san'ati” guruhi tinglovchilari Yunusov Qosimjon Yakubovich hamda Dexqonova Maxliyo Yusupovna tomonidan "O'zbek jang san'ati"  guruhi tinglovchilari ishtirokida mahorat darsi oʻtkazildi.  
Ushbu mahorat darsida  O'zbek jang san'atining texnikasi  va qonun-qoidalari, musobaqada texnik harakatlar, himoya va hujum usullari bo‘yicha amaliy ko‘rsatmalar va tavsiyalarni berib o‘tdilar. 
Mahorat darsida ushbu trenerlarning shogirdlari ham ishtirok etib, ular ishtirokida amaliy mashg‘ulotlar tashkillandi.