Yangilik haqida batafsil
Farg'ona filiali mutaxassislari ishtirokida Namangan viloyati xalq ta’limi boshqarmasida o’quv seminari o’tkazildi.
Bugun barcha davlat tashkilotlari faoliyatida aholining murojaatlari bilan ishlash, ular bilan joylarda uchrashuv va tadbirlar, sayyor qabullar boʻyicha sifat jihatidan mutlaqo yangi tizim yaratildi.
Joylarda oʻtayotgan bu kabi uchrashuvlar xalqning dardini eshitish, ularning muammolarini hal etishda, shak-shubhasiz, kutilgan natijalarni bermoqda.
Shu maqsadda, Jismoniy tarbiya va sport bo'yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg'ona filiali mutaxassislari ishtirokida Namangan viloyati xalq ta’limi boshqarmasida o’quv seminari o’tkazildi.
Tadbirda Farg’ona filiali mutaxassislari, Namangan viloyati Xalq ta’limi boshqarmasi vakillari, Namangan viloyatidagi umumta’lim maktablarida faoliyat yuritib kelayotgan jismoniy tarbiya va sport mutaxassislari, o‘qituvchilar, uslubchilar ishtirok etishdi.
Seminarda malaka oshirish instituti va xalq ta'limi tizimi bilan hamkorlik bo‘yicha olib borilgan ishlar yuzasidan o‘zaro tajriba almashish, 2022-yil uchun malaka oshirish rejasini tashkillash, malaka oshirish va sport sohasiga oid turli mavzulardagi tadbirga yig’ilganlarning murojaatlari atroflicha oʻrganib chiqildi.




