Yangilik haqida batafsil

Farg'ona filiali mutaxassislari 3+1 tizimi bo'yicha amaliy darslar o'tkaziladigan joylar holati bilan tanishishdi

Joriy yilning 21-sentabr kuni sentabr-dekabr oylari uchun 3+1 tizimiga muvofiq malaka oshirish kurslari amaliy mashg’ulotlarini hududlardagi olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari sport inshootlarida belgilangan tartibda o’tkazishni tashkil qilish borasidagi ishlarni hamda u yerdagi shart-sharoitlar bilan tanishish maqsadida filial “Ta’lim sifatini nazorat qilish va monitoring” bo‘limi boshlig’i M.Hamraliyeva, “Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi  dotsenti  O.Qambarov hamda Namangan olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi mutaxassislari bilan birgalikda o’rganish ishlari olib borildi.