Yangilik haqida batafsil
Farg'ona filiali "Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati" kafedrasining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi.
Joriy yilning 6-fevral kuni institutning Farg‘ona filiali “Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati” kafedrasida navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda kafedra professor-o‘qituvchilari ishtirok etishdi va unda shaxsiy ish rejalarida belgilangan vazifalarning bajarilishi, o‘quv, o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, tashkiliy hamda ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishlardagi faoliyat tahlil qilindi.
Mazkur yig‘ilishni kafedra mudiri, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent D.Norqulov olib bordi. U o‘z so‘zida kafedra faoliyatining samaradorligini oshirish, ilmiy-tadqiqot ishlarining sifati va nufuzini yanada yuksaltirish, professor-o‘qituvchilarning ilmiy maqolalar nashr etish jarayoniga faolligini oshirish muhimligini ta’kidladi.
Shuningdek, yig‘ilishda o‘quv jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish, tinglovchilarni bilim olishga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda ularning nazariy bilimlarini amaliyot bilan uyg‘unlashtirish masalalari muhokama qilindi. Kafedra a’zolari tomonidan professor-o‘qituvchilarning o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar tayyorlash borasidagi ishlari ko‘rib chiqildi va ularning sifatini oshirish yuzasidan tavsiyalar berildi.
Ilmiy-tadqiqot yo‘nalishida olib borilayotgan ishlar muhokama qilinar ekan, yosh tadqiqotchilarni ilmiy loyihalarga jalb etish, ilmiy konferensiyalarda faol ishtirok etish va xalqaro ilmiy jurnallarda maqolalar chop etish borasida tavsiyalar berildi.
Tashkiliy ishlar bo‘yicha esa sport tadbirlarini yanada rivojlantirish va ularning samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi. Ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishda esa, tinglovchilarning intellektual salohiyatini oshirishga qaratilgan turli tadbirlarni tashkil etish, sport va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish muhimligi ta’kidlandi.

