Yangilik haqida batafsil

Farg‘ona filiali Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati kafedrasida o‘quv qo‘llanmalar muhokamasi bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 11-yanvar kuni Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti  Farg‘ona filiali “Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi professor-o‘qituvchilari ishtirokida o‘quv qo‘llanmalar muhokamasi bo‘lib o‘tdi. Unda kafedra o‘qituvchilaridan Mahmudov Yunus Mellievich hamda Bekov Bek Valijonovichlarning o‘quv qo‘llanmalari muhokama qilindi.