Yangilik haqida batafsil

Farg‘ona filiali “Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi o'qituvchisi M.Ne'matovning ilmiy-uslubiy seminari bo‘lib oʻtdi.

Farg'ona davlat universiteti qoshida tashkil etilgan  ilmiy-uslubiy seminarda Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filiali “Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi o'qituvchisi, Farg‘ona davlat universiteti mustaqil tadqiqotchisi M.Ne'matovning  13.00.02-Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari) ixtisosligi bo‘yicha “Bo'lajak o'qituvchilarda etnopedagogik madaniyatni rivojlantirish texnologiyasi (tarixiy-etnografik materiallar misolida)” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiyasi muxokamasi bo‘lib o‘tdi.