Yangilik haqida batafsil
Farg’ona filiali jamoasi va tinglovchilari Xotira maydonida ajdodlarimizning muqaddas xotirasiga hurmat bajo keltirishdi
Inson, millat va xalq tarixiy xotira tuyg‘usi bilan barhayotdir. Xotira – kechagi o‘tmishni, ajdodlar o‘gitini, milliy merosimizni anglatib turuvchi – muqaddas kitob zarvaraqlaridek hayotimizni yoritib turadi. Farg’ona filiali jamoasi va tinglovchilari Xotira maydoniga tashrif buyurib, Motamsaro ona haykali poyiga gulchambar qo‘yishib, bukilmas iroda va jasorat namunasini amalda namoyon etib, o‘z hayotini aziz Vatanimizning har tomonlama ravnaq topishi, bugungi tinch va osoyishta kunlar uchun jonini fido qilgan ajdodlarimizning muqaddas xotirasiga hurmat bajo keltirishdi.





