Yangilik haqida batafsil
Farg'ona filiali jamoasi umumxalq xayriya hasharida faol ishtirok etdi.
Navro‘z umumxalq bayrami arafasida mamlakatimizning barcha hududlari, qishloqlar, mahallalar, tashkilot va muassasalarda umumxalq xayriya hashari o‘tkazilmoqda.
Jumladan, joriy yilning 18-mart kuni Jismoniy tarbiya va sport bo'yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg'ona filiali rahbariyati, professor-o'qituvchilar va xodimlari umumxalq xayriya hasharida erta tongdan a’lo kayfiyatda va hamjihatlikda faol qatnashdi.
Umumxalq xayriya hashari kunida hududda joylashgan binolar atrofini, ariqlar, va sport maydonchalarini tozalash, daraxtlarni oqlash va shakl berish va bir qator obodonlashtirish ishlari olib borildi.


