Yangilik haqida batafsil
Farg‘ona filiali jamoasi Farg‘ona shahridagi "Vatanparvarlar bog‘i"ga tashrif buyurdi
Xotira va qadrlash – xalqimizning asriy qadriyatlari, ulug‘ fazilatlaridan biridir.
Joriy yilning 8-may kuni Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filiali jamoasi 9-may- Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Farg‘ona shahridagi “Vatanparvarlar bog‘i”ga tashrif buyurishdi.
El-yurt tinchligi, osoyishtaligi, erkin va ozodligi uchun kurashgan insonlar hamisha xalqimiz ardog‘idadir. Ana shunday mardlik va jasorat namunasini ko‘rsatganlar, jang maydonlarida jonini fido qilgan bobolarimiz, sabr-bardosh bilan katta qiyinchiliklarni yengib o‘tgan momolarimiz xotirasi yod etildi. Shuningdek, filial jamoasi Vatanparvarlar bog‘idan o‘rin olgan eksponatlarni ko‘zdan kechirishdi.

