Yangilik haqida batafsil

Farg'ona filiali jamoasi 1-iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan tashkillangan tadbirda qatnashdi.
1-iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni butun dunyo bolalari uchun eng beg‘ubor va quvonchli bayram hisoblanadi.  Farg‘ona viloyati bolalar kutubxonasida bayram munosabati bilan  tadbir tashkillandi.
Tadbirda Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filiali professor-o‘qituvchilari ham ishtirok etib, bolalarga sovg'alar ulashildi. Tadbirda  bolajonlar ishtirokida turli xil qiziqarli o‘yinlar, ertak qahramonlar rasmini chizish musobaqasi, kitoblar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.