Yangilik haqida batafsil
Farg'ona filiali jamoasi 1-iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan tashkillangan tadbirda qatnashdi.
1-iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni butun dunyo bolalari uchun eng beg‘ubor va quvonchli bayram hisoblanadi. Farg‘ona viloyati bolalar kutubxonasida bayram munosabati bilan ”Yangi O‘zbekistonning baxtiyor bolalari” shiori ostida tadbir tashkillandi.
Tadbirda Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filiali professor-o‘qituvchilari, Farg‘ona shahar maktabgacha va maktab ta’limiga qarashli maktab o‘quvchilari, bog‘cha tarbiyalanuvchilari ishtirok etdilar.Tadbirda bolajonlarni musiqiy chiqishlari, turli xil qiziqarli o‘yinlari, ertak qahramonlar rasmini chizish musobaqasi, kitoblar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Musobaqada g‘olib bo‘lgan bolajonlarga esdalik sovg‘alari topshirildi.


