Yangilik haqida batafsil

Farg’ona filiali hamda viloyat oliy ta’lim muassasalari o’rtasida hamkorlik aloqalari mustahkamlanmoqda

Joriy yilning 26-sentabr kuni Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filiali “Sport psixologiyasi, ijtimoiy-tabiiy fanlar” kafedrasi va Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti “Normal anatomiya, operativ jarrohlik va topografik anatomiya” kafedrasi o‘rtasida tuzilgan hamkorlik shartnomasi va undagi vazifalarni bajarilishi yuzasidan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida Farg‘ona filiali “Sport psixologiyasi, ijtimoiy-tabiiy fanlar” kafedrasi mudiri Nargiza Egamberdiyevna filialda olib boriladigan dars mashg‘ulotlariga Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti professor-o‘qituvchilarining  jalb etilishi, o‘quv uslubiy ishlar va modullardan o‘quv uslubiy majmualarning takomillashtirilishi, hamkorlikdagi kelgusi ishlar haqida gapirib o‘tdi.