Yangilik haqida batafsil

Farg‘ona filiali hamda viloyat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlik aloqalari mustahkamlanmoqda
Joriy yilning 22-may kuni Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filialida viloyat oliy ta’lim muassasalari bilan o‘quv, ilmiy va ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishlarda tuzilgan o‘zaro hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash maqsadida Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti xalqaro fakulteti bilan hamkorlikda tadbir tashkillandi. 
Xalqaro fakultetda ta’lim olayotgan xorijiy talabalar filialda yaratilgan shart-sharoitlar, filial o‘quv xonalari, sport maydonchalari bilan yaqindan tanishib, filial xodimlari, tinglovchilari hamda xorijiy talabalar o‘rtasida o‘zaro hamkorlikda sport musobaqalari o‘tkazishga kelishib olindi.