Yangilik haqida batafsil

Farg’ona filiali hamda viloyat oliy ta’lim muassasalari o’rtasida hamkorlik aloqalari mustahkamlanmoqda
Joriy yilning 26-sentabr kuni Farg‘ona filialida viloyat oliy ta’lim muassasalari bilan o‘quv, ilmiy va ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishlarda tuzilgan o‘zaro hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash maqsadida Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti Jamoat salomatligi, sog‘liqni saqlashni tashkil etish, boshqarish, jismoniy tarbiya va sport kafedrasi bilan hamkorlikda Tibbiy profilaktika ishi yo‘nalishi bitiruvchi kurs talabalariga filialning "Sport psixologiyasi, ijtimoiy-tabiiy fanlar" kafedrasi o’qituvchisi N.Matxoshimov tomonidan jismoniy tarbiya va sportning inson salomatligiga ijobiy ta’siri, aholi salomatligini mustahkamlashda jismoniy faollikning ahamiyati haqida davra suhbati tashkil etildi. 
Unda kafedra o‘qituvchisi N.Matxoshimov bo‘lajak shifokorlarga tibbiyot va sportning uzviy bog‘liq tomonlari haqida tushunchalar berib o‘tdi.