Yangilik haqida batafsil
Farg’ona filiali hamda viloyat oliy ta’lim muassasalari o’rtasida hamkorlik aloqalari mustahkamlanmoqda.
Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg’ona filiali hamda viloyat oliy ta’lim muassasalari bilan o‘quv, ilmiy va ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishlarda tuzilgan o‘zaro hamkorlik aloqalari bo‘yicha Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti jamoat salomatligi, sog‘liqni saqlashni tashkil etish, boshqarish va jismoniy tarbiya va sport kafedrasi bilan hamkorlikda Tibbiy profilaktika ishi yo‘nalishi 1-kurs talabalariga filialda joylashgan Workout maydonchasida undan foydalanish bo‘yicha ochiq amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi.
Unda filialning sport targ‘ibotchisi M.Ne’matov hamda institutning jismoniy tarbiya o‘qituvchisi U.Abdullayevlar talabalarga Workoutning o‘ziga xos xususiyatlari, uning kelib chiqish tarixi hamda undan foydalanish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berdilar.


