Yangilik haqida batafsil

Farg’ona filiali hamda O’sh Davlat Universiteti o‘rtasida memorandum oldi kelishuvlari bo'lib o'tdi
Joriy yilning 15-sentabr kuni Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini  oshirish instituti Farg‘ona filiali va O’sh Davlat Universiteti oʻrtasida memorandum oldi kelishuvlari bo'lib o'tdi.
Hamkorlik uchrashuvida Farg’ona filialidan vakil sifatida katta o’qituvchi D.Toxtasinov ishtirok etib O’sh Davlat Universiteti rektori K.G.Kojobekov bilan muloqot o’tkazdi.
Shuningdek ushbu uchrashuvda Farg'ona filiali rahbariyati onlayn tarzda ishtirok etib, tomonlarni ilmiy, o‘quv-uslubiy, pedagogik ish faoliyatlari, xalqaro hamkorlik bo‘yicha olib borilgan ishlar yuzasidan o‘zaro tajriba almashish, tomonlarni qiziqtiruvchi ilmiy-texnikaviy yangiliklar bo‘yicha o‘zaro axborot almashish va boshqa bir qancha yo'nalisharda  hamkorlikni yo’lga qo’yilishga kelishib olindi.