Yangilik haqida batafsil
Farg‘ona filiali hamda Farg‘ona viloyati Futbol assotsiatsiyasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha shartnoma imzolandi.
Joriy yilning 27-iyul kuni Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filiali hamda Farg‘ona viloyati Futbol assotsiatsiyasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha shartnoma imzolandi. Shartnomaga binoan sport turlari bo‘yicha tomonlarni ilmiy, o‘quv-uslubiy, pedagogik ish faoliyatlari, xalqaro hamkorlik bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan o‘zaro tajriba almashish, sport turlari bo‘yicha tomonlarni qiziqtiruvchi ilmiy-tenikaviy yangiliklar bo‘yicha o‘zaro axborot almashish va shu kabi bir qancha bandlar nazarda tutilgan.



