Yangilik haqida batafsil

Farg’ona filiali hamda Farg‘ona davlat universiteti “Tarix” fakulteti hamkorligida davra suhbati tashkillandi
Joriy yilning 23-sentabr kuni Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filiali “Sport psixologiyasi, ijtimoiy-tabiiy fanlar” kafedrasi va Farg‘ona davlat universiteti “Tarix” fakulteti o‘rtasida tuzilgan hamkorlik shartnomasi va undagi vazifalarni bajarilishi shuningdek, “Giyohvandlik-hayot kushandasi” mavzusi yuzasidan Farg‘ona davlat universitetida davra suhbati tashkil etildi.     
  Farg‘ona filiali “Sport psixologiyasi, ijtimoiy-tabiiy fanlar” kafedrasi mudiri Nargiza Egamberdiyevna filialda olib boriladigan dars mashg‘ulotlariga hamda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarga FarDU “O‘zbekiston tarixi” va “Falsafa” kafedralari professor-o‘qituvchilarining jalb etilishi haqida gapirib o‘tdi.
Shuningdek, “Giyohvandlik-hayot kushandasi” mavzusi yuzasidan doktorantlar, mustaqil tadqiqotchilar, magistrantlarning ma’ruzalari tinglandi.