Yangilik haqida batafsil

Farg‘ona filiali hamda Farg‘ona davlat universiteti hamkorligida davra suhbati tashkil etildi

Joriy yilning 18-may kuni Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filiali “Sport psixologiyasi, ijtimoiy-tabiiy fanlar” kafedrasi va Farg‘ona davlat universiteti “Tarix” fakulteti o‘rtasida tuzilgan hamkorlik shartnomasi va undagi vazifalarni bajarilishi yuzasidan shuningdek, “Giyohvandlik-umr zavoli” mavzusi yuzasidan Farg‘ona davlat universitetida davra suhbati tashkil etildi.Davra suhbatida Farg‘ona filiali “Sport psixologiyasi, ijtimoiy-tabiiy fanlar” kafedrasi mudiri Nargiza Egamberdiyevna hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish hamda kelgusi faoliyatdagi rejalar haqida gapirib o’tdi. Shuningdek, “Giyohvandlik-umr zavoli” mavzusi yuzasidan doktorantlar, mustaqil tadqiqotchilar hamda magistrantlarning ma’ruzalari tinglandi.