Yangilik haqida batafsil
Farg‘ona filiali "Gandbol" guruhi tinglovchilari ishtirokida mahorat darsi tashkil etildi.
Joriy yilning 15-iyun kuni Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filialida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-iyuldagi 355 -sonli qarori 19-bandiga muvofiq, muqobil malaka oshirish talabini bajargan “Gandbol” guruhi tinglovchilari Axmedov Ismoil hamda Sharofutdinov Baxromlar tomonidan “Gandbol” guruhi tinglovchilari ishtirokida mahorat darsi oʻtkazildi.
Ushbu mahorat darsida I.Axmedov va B.Sharofutdinov Gandbol sport turining texnikasi, qonun-qoidalari, musobaqalarda hakamlik qilish, koordinatsion qobiliyatlarni shakllantirish bo‘yicha amaliy ko‘rsatmalar va tavsiyalarni berib o‘tdilar.
Mahorat darsida ushbu trenerlarning shogirdlari ham ishtirok etib, ular ishtirokida amaliy mashg‘ulotlar tashkillandi.


