Yangilik haqida batafsil
Farg‘ona filiali “Gandbol” guruhi malaka oshirish kursi tinglovchilari ishtirokida ko‘chma mashg‘ulot tashkil etildi.
Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filialining “Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi v.b. dotsenti, P.f.b.f.d. (PhD) D.Norqulov hamda “Gandbol” guruhi malaka oshirish kursi tinglovchilari ishtirokida Farg‘ona davlat universitetida ko‘chma mashg‘ulotlar tashkil etildi.
Tinglovchilar ko‘chma mashg’ulotda ta’lim muassasasi faoliyati, moddiy-texnika bazasi, sport jihozlari hamda o‘quv-mashg’ulot jarayoni, mashg’ulot jarayonida texnik-taktik harakatlar, o‘quv-mashg’ulot va musobaqalardagi harakat turlari hamda ularni tayyorlashning taktik tarkiblarining qo‘llanilishi, Texnik mahoratni oshirish yo‘llarini takomillashtirish, mahorat darslari, hamda o‘quv-mashg’ulot jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar.


