Yangilik haqida batafsil
Farg’ona filiali futbol jamoasining navbatdagi amaliy mashgʻuloti oʻtkazdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi “Sogʻlom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6099-sonli farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Fargʻona filiali “Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi professor-oʻqituvchilari va filial xodimlaridan iborat futbol jamoasi navbatdagi mashgʻulotlarini oʻtkazdi.
Mashgʻulotni filial "Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati" kafedrasi oʻqituvchisi futbol boʻyicha “AFC” ning “A” diplomiga ega mutaxassis A.Jaxbarov boshqarib bordi.

