Yangilik haqida batafsil

Farg‘ona filiali “Futbol” guruhi malaka oshirish kursi tinglovchilari ishtirokida ko‘chma mashg‘ulot tashkil etildi.

Joriy yilning 27-mart kuni Farg‘ona viloyati futbol mahorat maktabida Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filialining “Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi v.b. dotsenti, P.f.b.f.d. (PhD) D.Norqulov hamda “Futbol” guruhi malaka oshirish kursi tinglovchilari ishtirokida ko‘chma mashg‘ulotlar tashkil etildi.