Yangilik haqida batafsil
Farg‘ona filiali faxriy ustozi K.K.Mirzabayev futbol bo‘yicha Yevropa chempionatida
Xabaringiz bor ayni vaqtda Yevropa qit’asining eng kuchli jamoalari ishtirokida Yevro-2024 futbol musobaqalari Germaniyaning yashil maydonlarida bo‘lib o‘tmoqda. Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filiali “Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi o‘qituvchisi K.K.Mirzabayev Germaniya davlatida bo‘lib turibdi.
UEFA, Yevro-2024 chempionati yoki Yevro-2024, 2024-yilgi futbol boʻyicha Yevropa chempionatining 17-turniri. Ushbu turnir UEFA tomonidan unga aʼzo davlatlarning erkaklar terma jamoalari uchun toʻrt yilda bir marta oʻtkaziladigan futbol chempionati hisoblanadi. Ushbu turnir 2024-yilning 14-iyundan 14-iyuliga qadar Germaniyada oʻtkaziladi.

.jpg)
.jpg)