Yangilik haqida batafsil
Farg'ona filiali dotsenti “Ta’lim iftixori” esdalik nishoni bilan taqdirlandi.
Jismoniy tarbiya va sport bo'yicha mutaxassislari qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg’ona filiali “Sport psixologiyasi, ijtimoiy-tabiiy fanlar” kafedrasi v.b. dotsenti, f.f.b.f.d.(PhD) Azimov Ulug‘bek Abduxalilovich “Scientific Academy” ilm ma’rifat markazining Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi (MDH) miqyosida tashkil etilgan “Ta’lim iftixori” esdalik nishoni ???? bilan taqdirlandi.
Institut hamda filial jamoasi U.Azimovni ushbu natija bilan muborakbod etadi hamda kelgusi ilmiy faoliyatlarida ham ulkan zafarlar tilab qoladi!

