Yangilik haqida batafsil

Farg'ona filiali dotsenti sanoat namunasi patentiga ega boʻldi.
Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg’ona filiali “Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi v.b. dotsenti, P.f.b.f.d. (PhD) Norqulov Doniyor Raxmiddinovich “To’rt darajali jismoniy mashg’ulotlar zinasi” sport qurilmasi yaratishda hammuallifligi uchun Adliya vazirligining sanoat namunasi patentiga ega boʻldi.