Yangilik haqida batafsil

Farg‘ona filiali boshlang’ich kasaba uyushmasi tomonidan davra suhbati tashkillandi.
Joriy yilning 31-avgust kuni Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filiali boshlang’ich kasaba uyushmasi tomonidan davra suhbati tashkillandi. 
Davra suhbatida filial boshlang’ich kasaba uyushmasi raisi K.Eshonqulova tomonidan o‘quv yilining ikkinchi yarim yiliga tayyorgarlik ko‘rish masalasi shuningdek, filial professor-o’qituvchilari va xodimlarini mehnat faoliyatiga oid taklif va mulohazalari ko’rib chiqildi. Davra suhbatida Farg‘ona filiali rahbariyati, bo‘lim boshliqlari, kafedra mudirlari hamda professor-o‘qituvchilari va xodimlari ishtirok etdi.