Yangilik haqida batafsil

Farg‘ona filiali “Boks” guruhi malaka oshirish kursi tinglovchilari ishtirokida ko‘chma mashg‘ulot tashkil etildi.
Joriy yilning 12-dekabr kuni Farg‘ona Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filialining “Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi dotsenti O.Qambarov tomonidan dekabr oyi “Boks” guruhi malaka oshirish kursi tinglovchilari ishtirokida ko‘chma mashg‘ulotlar tashkil etildi.
Tinglovchilar ko‘chma mashg’ulotda texnik-taktik harakatlar, o‘quv-mashg’ulot va musobaqalardagi harakat turlari, texnik mahoratni oshirish yo‘llarini takomillashtirish bo‘yicha zaruriy ko‘nikma va bilimlarga ega bo‘ldilar.