Yangilik haqida batafsil

Farg‘ona filiali "Belbog‘li kurash" guruhi tinglovchilari ishtirokida mahorat darsi tashkil etildi.
Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filialida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-iyuldagi  355 -sonli qarori 19-bandiga muvofiq, muqobil malaka oshirish talabini bajargan “Belbog‘li kurash” guruhi tinglovchilari Ruziyev Meronshoh hamda Ashurov Muxriddin tomonidan "Belbog‘li kurash"  guruhi tinglovchilari ishtirokida mahorat darsi oʻtkazildi.  
Ushbu mahorat darsida Belbog‘li kurashning texnikasi  va qonun-qoidalari, musobaqada texnik harakatlar, himoya va hujum usullari bo‘yicha amaliy ko‘rsatmalar va tavsiyalarni berib o‘tdilar. 
Mahorat darsida ushbu trenerlarning shogirdlari ham ishtirok etib, ular ishtirokida amaliy mashg‘ulotlar tashkillandi.