Yangilik haqida batafsil

Farg’ona filiali aprel oyi malaka oshirish kursi tinglovchilari o'rtasida filial birinchiligi musobaqalari bo’lib o’tdi.
Farg'ona filialida 7 aprel — Butunjahon salomatlik kuni munosabati bilan aprel oyi malaka oshirish kursi tinglovchilari o’rtasida Islom Karimov nomidagi Farg'ona viloyati teatr va konsert saroyi Workout maydonida Tosh ko'tarish, Darts hamda gimnastika yakkaxodasi (turnik)da bellashuvlar bo’yicha filial birinchiligi musobaqalari tashkillandi.
Ushbu sport musobaqalarida aprel oyi jismoniy tarbiya fani o’qituvchilari hamda sport turlari bo’yicha trenerlar malaka oshirish kursi tinglovchilari ishtirok etishdi. Ushbu sport musobaqalari ko'tarinki ruhda va qizg'in bahs, munozaralarga boy tarzda o'tdi.