Yangilik haqida batafsil

Farg'ona filialda davra suhbati o‘tkazildi.

Farg‘ona filialda 2023-yil 1-dekabr kuni filial professor-o‘qituvchilari va xodimlari hamda Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti bitiruvchi kurs talabalari ishtirokida “1-dekabr Xalqaro OITSga qarshi kurash kuni” munosabati bilan davra suhbati o‘tkazildi. Unda Sport psixologiyasi, ijtimoiy-tabiiy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi Matxoshimov N.S. yig‘ilganlarga OITS-OITV tomonidan chaqiriladigan kasallik ekanligi, kasallik inson immun tizimini o‘zgartirishi, infeksion va boshqa kasalliklarga sezuvchanlikni oshirishi, OITS ko‘p hollarda OITVni o‘z vaqtida davolamaslik natijasida yuzaga kelishi, OITVning yuqish yo‘llari haqida ma’lumotlar berildi.