Yangilik haqida batafsil
Fargʼona filiali professor-oʼqituvchilari va ishchi-xizmatchilari oʼrtasida ommaviy sport tadbirlari o'tkazildi.
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 oktabrdagi “Sogʼlom turmush tarzini keng tadbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PF-6099-sonli farmoni, Jismoniy tarbiya va sport Vazirining 2020 yil 7 noyabrdagi 1315-sonli buyrugʼi, Markaz direktorinig 2020 yil 23 noyabrdagi U-139-sonli buyrugʼi ijrosini taʼminlash, Filial xodimlarini va ularning oila aʼzolarini ommaviy sportga yanada jalb qilish hamda sogʼlom turmush tarzini keng tadbiq etish maqsadida, joriy yilning 1-may kuni Fargʼona filiali professor-oʼqituvchilari va ishchi-xizmatchilari oʼrtasida ommaviy sport tadbirlari o'tkazildi.



