Yangilik haqida batafsil
Fargʼona filiali professor-oʼqituvchilari va ishchi-xizmatchilari oʼrtasida "Futbol" (erkaklar) hamda "Arqon tortish" va "Shashka" (ayollar) sport turlaridan musoboqalar tashkillandi.
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 oktyabrdagi “Sogʼlom turmush tarzini keng tadbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PF-6099-sonli farmoni, Jismoniy tarbiya va sport Vazirining 2020 yil 7 noyabrdagi 1315-sonli buyrugʼi, Markaz direktorinig 2020 yil 23 noyabrdagi U-139-sonli hamda Filial direktorining 2020-yil 27-noyabrdagi 94-sonli buyrugʼi ijrosini taʼminlash, Filial xodimlarini va ularning oila aʼzolarini ommaviy sportga yanada jalb qilish hamda sogʼlom turmush tarzini keng tadbiq etish maqsadida, joriy yilning 24-aprel kuni Fargʼona filiali professor-oʼqituvchilari va ishchi-xizmatchilari oʼrtasida "Futbol" (erkaklar) hamda "Arqon tortish" va "Shashka" (ayollar) sport turlaridan musoboqalar tashkillandi.


