Yangilik haqida batafsil
Fargʼona filiali professor-oʼqituvchilari va hodimlari oʼrtasida "Basketbol" sport turi bo'yicha sport tadbirlari o'tkazildi
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi “Sogʼlom turmush tarzini keng tadbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PF-6099-sonli farmoni, Turizm va sport vazirining 2020-yil 7-noyabrdagi 1315-sonli buyrugʼi, Institut direktorinig 2020-yil 23-noyabrdagi U-139-sonli buyrugʼi ijrosini taʼminlash, Filial xodimlarini va ularning oila aʼzolarini ommaviy sportga yanada jalb qilish hamda sogʼlom turmush tarzini keng tadbiq etish maqsadida, joriy yilning 11-sentabr kuni Fargʼona filiali professor-oʼqituvchilari va hodimlari oʼrtasida "Basketbol" sport turi bo'yicha sport tadbirlari o'tkazildi.



