Yangilik haqida batafsil
Fargʻonada shoira Oʻktamxon Soliyeva bilan ijodiy uchrashuv boʻlib oʻtdi
Joriy yilning 16-aprel kuni Fargʻona filiali professor-oʻqituvchilari hamda tinglovchilari ishtirokida Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi o‘qituvchisi, shoira, “Xalq taʼlimi aʼlochisi”,“Sogʻlom avlod uchun” ordeni sohibasi Oʻktamxon Soliyeva bilan ijodiy uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda shoira oʻz hayoti, ijodiy faoliyati, nufuzli xalqaro nashrlarda chop etilgan asarlari haqida soʻz yuritdi.
Uchrashuv davomida shoira oʻz sheʼrlaridan namunalar oʻqib berdi, tinglovchilarning savollariga samimiy javoblar berildi. Tadbir barchada iliq taassurot qoldirdi.


