Yangilik haqida batafsil

Fargʻona filialida Zakovat

Institutning Fargʻona filialida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-yanvardagi "Zakovat" intellektual oʻyinini aholi oʻrtasida ommaviy-maʼrifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual oʻyinlarni rivojlantirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-96-sonli qarori ijrosini taʼminlash va  tinglovchilarning intellektual salohiyatini yuksaltirish maqsadida joriy yilning 27-yanvar sanasida malaka oshirish kursi tinglovchilari ishtirokida “Zakovat” intellektual oʻyini boʻlib oʻtdi.
Zakovat  intellektual oʻyinida "Jismoniy tarbiya yoʻriqchilari” malaka oshirish kursi  tinglovchilari ishtirokida “Zukkolar”, “Topqirlar”, “Bilimdonlar” jamoalari bellashdi.