Yangilik haqida batafsil
Fargʻona filialida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida navbatdagi daraxt ekish aksiyasi uyushqoqlik bilan tashkil etildi.
Respublikamizda koʻkalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish va yashil maydonlarni kengaytirish borasida Davlatimiz rahbari tashabbuslari bilan an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi yildan yilga muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Oʻzbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filialida joriy yilning 15-mart kuni “Yashil makon” dasturi doirasida hududni yanada obodonlashtirish hamda ko‘kalamzorlashtirish ishlari hamda navbatdagi daraxt ekish aksiyasi uyushqoqlik bilan tashkil etildi.




