Yangilik haqida batafsil

Fargʻona filialida “Xotira – muqaddas, qadr – aziz” mavzusida davra suhbati tashkillandi.

Joriy yilning 7-may kuni Fargʻona filialida 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “Xotira – muqaddas, qadr – aziz”  mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi.
Tadbirda Afgʻon urushi faxriylari H.H.Imomov, Sh.U.Madiyorov, Y.T.Poʻlatov, filial rahbariyati, bo‘lim boshliqlari, kafedra mudirlari, filial professor-oʻqituvchilari hamda “Sport turlari bo‘yicha trenerlar” malaka oshirish kursi tinglovchilari ishtirok etdi.
Suhbat davomida Afgʻon urushi (1979–1989)da ishtirok etgan yurtdoshlarimiz jasorati, urush faxriylarining jamiyatdagi oʻrni, yoshlar tarbiyasidagi ibratli roli haqida fikrlar bildirildi.