Yangilik haqida batafsil
Fargʻona filialida xorijiy mutaxassis ishtirokida seminar tashkillandi.
Joriy yilning 12-mart kuni Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Fargʻona filialida Fargʻona jamoat salomatligi tibbiyot instituti oʻquv-uslubiy boshqarmasi rahbariyati bilan hamkorlikda institutning “Gistologiya va biologiya” kafedrasi asissenti, xorijiy mutaxassis Lohitha Raja va “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi oʻqituvchisi Rustamov Umidjon ishtirokida filial tinglovchilari uchun “Sport natijadorligini oshirishda individual ovqatlanish ratsionini shakllantirish” mavzusida seminar tashkillandi.
Shuningdek, xorijiy mutaxassis filialda xodimlar va tinglovchilar uchun yaratilgan sharoitlar, oʻquv auditoriyalari, maxsus jihozlangan maʼnaviy-maʼrifiy, sport hamda boshqa turdagi jihozlangan xonalar, filial faoliyati bilan yaqindan tanishib, oʻzaro hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash boʻyicha kelishib olindi.
/foto%20fevral%20mart/Mart%20Aprel/photo_2026-04-16_09-31-02.jpg)
/foto%20fevral%20mart/Mart%20Aprel/photo_2026-04-16_09-31-48.jpg)
/foto%20fevral%20mart/Mart%20Aprel/photo_2026-04-16_09-31-38.jpg)