Yangilik haqida batafsil

Fargʻona filialida xorijiy mutaxassis ishtirokida onlayn davra suhbati tashkillandi.

Oʻzbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Fargʻona filialida xorijiy mutaxassis ishtirokida navbatdagi onlayn davra suhbati tashkil etildi. Filialning oʻquv jarayonlarini takomillashtirish, xalqaro tajribani oʻrganish, tinglovchilarning bilimlarini boyitish hamda sport sohasidagi ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan mazkur tadbir joriy yilning 18-mart kuni oʻtkazildi.
Onlayn davra suhbatida Hindistonning Dehli sport universiteti yetakchi mutaxassislaridan biri, Naval Kishore maʼruza bilan ishtirok etdi. U oʻz nutqida sport taʼlimi tizimidagi zamonaviy yondashuvlar, sport turlari boʻyicha trenerlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirishning innovatsion usullari haqida soʻz yuritdi.
Mazkur tadbirda filial rahbariyati, boʻlim boshliqlari, kafedra mudirlari, professor-oʻqituvchilar hamda “Sport turlari boʻyicha trenerlar” malaka oshirish kursi tinglovchilari ishtirok etishdi.