Yangilik haqida batafsil

Fargʻona filialida xorijiy mutaxassis bilan onlayn seminar tashkillandi

Joriy yilning 27-mart kuni Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Fargʻona filiali yillik rejasiga asosan oʻquv jarayonlariga yuqori malakali amaliyotchi va xorijiy mutaxassislarni jalb qilish maqsadida Mongoliya Respublikasi Bahodirlar oʻyinlari va tosh koʻtarish federatsiyasi rahbari Batajargalov Dimchik Batojargolovich bilan hamkorlikda mart oyi “Ogʻir atletika” guruhiga “Bahodirlar oʻyinlari va tosh koʻtarishning taktik  tayyorgarlik  qoidalari” mavzusida onlayn seminar tashkillandi.