Yangilik haqida batafsil

Fargʻona filialida xorijiy hamda mahalliy Belbogʻli kurash mutaxassislari ishtirokida davra suhbati tashkillandi.

Joriy yilning 12-mart kuni Oʻzbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Fargʻona filialida Qirgʻiziston Respublikasi Batken davlat universitetining Qizil-Qiya gumanitar-pedagogik instituti “Jismoniy tarbiya” kafedrasi mudiri, dotsent, alish kurashi (Qirg‘iziston kurashi) boʻyicha xalqaro toifadagi hakam Almazbek Galatov, Belbogʻli kurash boʻyicha xalqaro toifadagi hakam, “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sport ustozi” faxriy unvoni sohibi Neʼmatillo Toʻychiyev, Fargʻona viloyati belbogʻli kurash federatsiyasi ijrochi direktori Meronshoh Roʻziyev, Belbogʻli kurash treneri Txak Sergey ishtirokida davra suhbati tashkillandi.