Yangilik haqida batafsil

Fargʻona filialida xalqaro hamkorlik aloqalari yanada mustahkamlanmoqda

Joriy yilning 12-iyun kuni institutning Fargʻona filialiga Tojikiston Respublikasi Belbog‘li kurash federatsiyasi raisi Zaripov Shavkat Qahramonovich hamda Eron Islom Respublikasi Belbog‘li kurash federatsiyasi raisi, PhD, Muhammad Farshad Shodkam tashrif buyurdi hamda  filialda professor-o‘qituvchilar va tinglovchilar uchun yaratilgan zamonaviy ta’lim muhiti, o‘quv auditoriyalari, sport infratuzilmasi bilan yaqindan tanishdi.

Tadbir davomida jismoniy tarbiya va sport, xususan, belbog‘li kurash yo‘nalishida o‘zaro tajriba almashish, ilmiy-uslubiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, trenerlar va mutaxassislar malakasini oshirish, qo‘shma seminarlar hamda mahorat darslarini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
Muzokaralar yakunida tomonlar o‘rtasida hamkorlik memorandumlari imzolandi.