Yangilik haqida batafsil

Fargʻona filialida xalqaro hamkorlik aloqalari yanada mustahkamlanmoqda.

Filialga xorijiy mutaxassislarni jalb etish, ular ishtirokida anjumanlar, davra suhbatlari oʻtkazish hamda oʻquv, sport va ilmiy-tadqiqot ishlari yuzasidan hamkorlik ishlarini amalga oshirish maqsadida joriy yilning 13-sentabr kuni Fargʻona filialiga Jahon Belbogʻli kurash federatsiyasi vitse-prezidenti Sayfutdinov Radik Rashidovich (Rossiya) tashrif buyurib, oʻzaro tajriba almashish hamda hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻyish yuzasidan oʻzaro fikr almashildi hamda ilmiy tadqiqot, malaka oshirish va qayta tayyorlash boʻyicha Rossiya va Oʻzbekiston tajribasi borasida suhbat olib borildi. 
Shuningdek, R.Sayfutdinov filialda xodimlar va tinglovchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish toʻgʻrisida shartnoma tuzildi.