Yangilik haqida batafsil
Fargʻona filialida xalqaro hamkorlik aloqalari yanada mustahkamlanmoqda.
Filialga xorijiy taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilari, ilmiy xodimlarini jalb etish, ular ishtirokida anjumanlar, davra suhbatlari oʻtkazish hamda oʻquv, sport va ilmiy-tadqiqot ishlari yuzasidan hamkorlik ishlarini amalga oshirish maqsadida joriy yilning 12-mart kuni Oʻzbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Fargʻona filialiga Qirgʻiziston Respublikasi Batken davlat universitetining Qizil-Qiya gumanitar-pedagogik instituti “Jismoniy tarbiya” kafedrasi mudiri, dotsent, alish kurashi (Qirg‘iziston kurashi) boʻyicha xalqaro toifadagi hakam Galatov Almazbek Abdullayevich tashrif buyurib, oʻzaro tajriba almashish hamda hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻyish yuzasidan oʻzaro fikr almashildi hamda ilmiy tadqiqot, malaka oshirish va qayta tayyorlash boʻyicha Qirgʻiziston va Oʻzbekiston tajribasi borasida suhbat olib borildi.



