Yangilik haqida batafsil
Fargʻona filialida xalqaro hamkorlik aloqalari yanada mustahkamlanmoqda
Filialga nufuzli xorijiy taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilari, ilmiy xodimlarini jalb etish, ular ishtirokida anjumanlar, davra suhbatlari oʻtkazish hamda oʻquv, sport va ilmiy-tadqiqot ishlari yuzasidan hamkorlik ishlarini amalga oshirish maqsadida joriy yilning 16-noyabr kuni Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Fargʻona filialiga Turkiyaning Otaturk universiteti dotsenti, tarix fanlari doktori Ensarbey Majid tashrif buyurib, oʻzaro tajriba almashish hamda hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻyish yuzasidan oʻzaro fikr almashildi hamda ilmiy tadqiqot, malaka oshirish va qayta tayyorlash boʻyicha Turkiya va Oʻzbekiston tajribasi borasida suhbat olib borildi.
Shuningdek Ensarbey Majid filialda xodimlar va tinglovchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.


